3 213
Ektor Kuper: "Raqiblarimizning o‘yinlarini o‘rganish uchun mutaxassislarimizni yuboramiz"
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston – Qatar o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu bellashuv oldidan ikkala terma jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbolchi Odiljon Hamrobek jurnalistlar savollariga javob berishdi.
Ektor Kuper: - Ertangi o‘yindan asosiy maqsadimiz birinchi KXDRga qarshi o‘yindagi tartibli himoyani yanada takomillashtirish, yangi futbolchilarning ayrimlarini sinab ko‘rishdir. Keyingi yig‘inimiz bir oydan keyin tashkil etiladi. Umid qilaman keyingi yig‘inga ham futbolchilar yaxshi formada qaytib kelishadi.
Odil Hamrobekov: - Ertangi o‘yin o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa ham qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q.
Ektor Kuper: - Raqiblar o‘yinini tahlil qilib boryapmiz. Kelasi bellashuvlarda o‘z mutaxassislarimizni raqib o‘yinlarini o‘rganish uchun yuborishni niyat qilganmiz. Biz birinchi o‘rinda raqibga qarab moslashishni emas, balki o‘z o‘yin uslubimizni yaratishga harakat qilamiz.
Hech bir o‘yinchiga terma jamoada joy kafolatlanmagan. Men kimnidir termaga chaqirsam yoki chaqirmasam bu haqda batafsil ma’lumot berishni istamayman. Kimnidir yig‘inga chaqirmasam o‘sha futbolchi qaytib terma jamoada o‘ynamaydi degani emas.
Odil Hamrobekov: - "Milliy" stadionining maydonini yomon deb ayta olmayman. Bu maydonda ko‘plab o‘yinlar o‘tkazilayotgani sabab ideal holatda emas. Lekin bu bizning yaxshi o‘ynamasligimiz uchun bahona bo‘la olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi