2 fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-tur bahslari doirasida «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Parma»ga qarshi o‘yinda dublga erishdi.
Porugaliyalik futbolchi joriy mavsumda Italiya chempionatining 22 ta uchrashuvida 17 ta gol urdi.
O‘tgan 13 yil mobaynida shu kunga qadar Turin klubidan faqatgina bir o‘yinchi bundan ko‘p gol urgan, deb xabar beradi Opta
U David Trezege bo‘lib, fransiyalik hujumchi 2005/06 yilgi mavsumda 22 turda 18 ta gol urgan. Mavsum oxiriga qadar esa David 23 ta gol urib, A Seriya to‘purarlar bahsida Luka Tonidan keyin 2-o‘rinni egallagan. Toni esa mavsumni 31 ta gol bilan yakunlagan.
13 yil avval «Yuventus» musobaqa jadvalida 91 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, «Modji ishi» tufayli chempionlikni 3-o‘yinda borayotgan «Inter» klubiga topshirgandi.
Hozirda turinliklar (60 ochko) musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan «Napoli»dan (51 ochko) 9 ochko ko‘p to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi