20:35 / 12.02.2019
3 638

O‘zbekistonlik bokschilar Bolgariyadagi musobaqada ishtirok etadilar

O‘zbekistonlik bokschilar Bolgariyadagi musobaqada ishtirok etadilar
13-20 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha 70-an’anaviy "Strandja" turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada jahonning 42 mamlakatidan 350 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustasi ishtirok etadi. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bahslarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

Terma jamoamiz turnirda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Aliyor Noraliyev
-69 kg: Bobo-Usmon Boturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Xurshid Abdullayev
-91 kg: Sanjar Tursunov.

Murabbiylar:
Ilyos Rahimjonov
Bahodir Erkayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bokschilar Bolgariyadagi musobaqada ishtirok etadilar