09:12 / 16.02.2019
3 490

Superliga uchrashuvlari teletranslyatsiyasida yangicha ko‘rinishdagi andozadan foydalaniladi

Superliga uchrashuvlari teletranslyatsiyasida yangicha ko‘rinishdagi andozadan foydalaniladi
Yangi mavsumga qizg‘in hozirlik olib borayotgan O‘zbekiston Professional futbol ligasi milliy chempionatimiz uchrashuvlari ommabop va tomoshabopligini oshirish, Superliga brendini yanada ommalashtirish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirish arafasida turibdi.

Ularning dastlabkilaridan biri yangi – 2019 yilgi mavsumdan boshlab Superliga uchrashuvlari teletranslyatsiyasi sifati va ko‘rinishini yangi darajaga olib chiqish, uchrashuvlar televizor orqali efirga uzatilganda foydalaniladigan teleeffektlar hamohang va mutanosibligini ta’minlash orqali milliy chempionatimizning bir xil shakldagi hamda tanib olish oson bo‘lgan teleeffektlardan iborat shablonini yaratishdir.
Ya’ni, milliy chempionat o‘yinlari translyatsiyasi boshlanayotganda jamoalar tarkiblari xuddi Yevropaning yetakchi milliy birinchiliklarida bo‘lgani kabi bir xil andoza asosida futbolchilarning harakat orqali chiqib kelishi ko‘rinishida berib boriladi. Qolaversa, takroriy lavhalar va o‘yin hisobi namoyish etiladigan teleeffektlar bir xil ko‘rinishda bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shu maqsadda kecha O‘zPFL tomonidan yangi tashkil etilgan telestudiyada ilk fotosessiya va videoshuting jarayoni bo‘lib o‘tdi. Kecha xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor" va AGMK jamoalari futbolchi va murabbiylari mavsumoldi fotosessiya va videoshuting jarayonimizni rasman ochib berishdi. Qolgan klublar ham mavjud ketma-ketlik asosida shu kunlarda foto va videoshutingda ishtirok etishadi. Navbatdagi mehmon – mamlakatimizning amaldagi chempioni “Lokomotiv” jamoasi a’zolari bo‘ladi.

Mazkur videoshuting davomida jamoalarning tarkiblari TV orqali tanishtirilishi uchun olingan videolavhalar yakunda milliy chempionatimiz o‘yinlarini teletranslyatsiya qiluvchi Sport telekanaliga taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga uchrashuvlari teletranslyatsiyasida yangicha ko‘rinishdagi andozadan foydalaniladi