12:21 / 03.03.2019
4 020

OFK. Oʻzbekiston klublarining OCHL kvotasi kamayishi mumkin

OFK. Oʻzbekiston klublarining OCHL kvotasi kamayishi mumkin
Dushanba, 4 mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi start oladi.
Demak, OFK klublar reytingiga eʼtibor qaratish uchun qulay fursat keldi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Oldin reytingning asosiy tamoyillarini eslab oʻtamiz:
- u soʻnggi 4 yillik natijalar asosida tuziladi;
- unda faqat klublarning OFK turnirlaridagi natijalari hisobga olinadi;
- 2019 yil yakuniga koʻra, 2021 va 2022 yillar uchun kvotalar aniqlanadi.

Ayni paytda, Gʻarbiy mintaqada Oʻzbekiston 6-oʻrinni egallab, kvotaning 1+2 dan 1+1 ga tushib qolish xavfi ostida turibdi (yaʼni guruh bosqichida 1 klub + saralash bosqichida 1 klub).

Oʻzbekiston 5-oʻrinni egallab turgan Iroqdan 2 ball orqada boryapti. Endi kelgusidagi kvotalar taqdiri “Lokomotiv” va “Paxtakor”ga bogʻliq boʻlib turibdi. Guruh bosqichida Iroq 1ta klub “Az-Zavra” bilan ishtirok etmoqda, demak, uning har 1 ochkosi mamlakat reytingiga 1 ball keltiradi. Oʻzbekiston klublarining har bir turda toʻplagan ochkosi 2ga boʻlinadi, chunki klublar tomonidan toʻplangan ochkoni oʻrtacha miqdori reytingda hisobga olinadi.

Oʻzbekiston reytingda 4-oʻrinni egallab turgan BAAga (kvotasi 2+2) yetib olishi juda qiyin. Biz ulardan 12 ball orqada qolyapmiz. Ammo 5-oʻrinda turgan Iroqdan oʻzib ketish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Agar yil oxiriga qadar shu voqea yuz bersa, Oʻzbekiston 2021 va 2022 yillarda ham 1+2 kvotaga ega boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK. Oʻzbekiston klublarining OCHL kvotasi kamayishi mumkin