Professional boksning super ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasidagi ringga koʻtarilayotgan oʻzbekistonlik sportchi Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) aprel oyida navbatdagi jangini oʻtkazadi.
“10 aprel kuni keyingi jangimni oʻtkazishni reja qilganmiz. Hozircha promouterlarim jang boʻlib oʻtadigan manzil va raqib boʻyicha muzokaralar olib borishmoqda. Imkon qadar reytingi baland bokschiga qarshi jang qilmoqchiman”, deya Jalolovning soʻzlarini keltirgan GoSport.uz.
10 aprel kuni Nyu-Yorkdagi “Sony Hall” saroyida boʻlib oʻtadigan boks kechasida professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan yana bir oʻzbekistonlik bokschi Xurshidbek Normatov (7-0, 3 KO) ham navbatdagi jangini oʻtkazadi.
Normatov 6 raundlik jangda ishtirok etsa, Bahodir Jalolov 8 raundlik jang oʻtkazishni rejalashtirgan. Hozircha ikkala bokschining ham raqiblari maʼlum emas.
Eslatib oʻtamiz, Jalolov soʻnggi marta 15 mart kuni (Toshkent vaqti bilan 16 mart) Kaliforniyada Villi Harveyga (3-2-1, 3 KO) qarshi ringga chiqib, 2 raundda texnik nokaut evaziga gʻalaba qozongandi. Normatov soʻnggi marta 2018 yilning 21 iyul kuni amerikalik Aleks Gaytanga (5-2, 2 KO) qarshi ringga chiqib, raqibini 6-raundda nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi