Boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tdi, degan xabarlar paydo bo‘lgandi. Bu boradagi xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Kun.uz muxbiri boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov bilan bog‘landi. Murabbiy Bektemir professional boksga o‘tmayotganini ta’kidladi.
«Bektemir AQShga professional boksga o‘tish uchun ketgani yo‘q. U belidagi jarohati sabab 6 oy shug‘ullana olmadi. Bu orada biroz vazni ham og‘irlashdi. Shu sabab Kaliforniyaga tiklanish jarayonini o‘tkazish uchun ketdi. Bektemir u yerda 5-6 oy tiklanish jarayonida qatnashadi va Olimpiada saralashiga tayyorlanadi».
Bektemir 3 aprel kuni AQShga jo‘nab ketgan. Bokschi Kaliforniyada sparring janglarida qatnashadi va o‘zining yuqori formasiga qaytish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Meliqo‘ziyevning senyatbrda o‘tkaziladigan jahon chempionatida qatnashishi aniq emas, lekin u Tokio Olimpiadasi saralashida qatnashadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi