20:33 / 14.04.2019
2 905

Shota Arveladze: "O‘yinda juda ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi, bu futbolni o‘ldiradi"

Shota Arveladze: "O‘yinda juda ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi, bu futbolni o‘ldiradi"
"Surxon" - "Paxtakor" (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Shota Arveladze qatnashdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Bugun muxlislarga rahmat aytaman, to‘la stadionda o‘ynash doim yoqimli. Yomon harakat qilmadik, vaziyatlar yaratdik, gol o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Bu maydonda sal tezroq o‘ynashimiz kerak edi.

Jaloliddin Masharipov barcha o‘yinlarda maydonga tushgani sababli biroz charchab qoldi va ikkinchi bo‘limda unga dam berdik.
Akrom Komilov yuqori saviyaga kirib olishi uchun bir oz o‘yinlar kerak. Bugun yaxshi harakat qilishga intildi va stabil o‘ynadi.

O‘yin davomida raqiblar ikki marta chinakamiga xavfli vaziyat sodir etishdi. Darvozabonimiz o‘sha vaziyatlarda jamoamizni qutqardi, bekorga u darvozada turmayapti, bekorga terma jamoaga chaqirishmayapti. Bitta vaziyat bo‘lsa ham u to‘pni qaytarishi kerak.

Bugun menga nimalar yoqmadi? Maydon holati yoqmadi. Bundan tashaqri mezbonlar juda ko‘p holatlarda yotib olaverishdi, vaqtni cho‘zishdi. O‘yin boshlanishidan ozgina o‘tiboq bu ishga qo‘l urishdi. Natijadan qoniqmadim. 12-14 martacha ular yotib olishdi. Juda ko‘p pauza bo‘ldi, bu futbolni o‘ldiradi. Natijadan qoniqqanim yo‘q, qanday qoniqishim mumkin? Biz o‘yin bo‘yicha ikki ochko yo‘qotdik deb hisoblayman", - deydi Shota Arveladze.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "O‘yinda juda ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi, bu futbolni o‘ldiradi"