09:50 / 24.04.2019
2 858

Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi

Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Qatar poytaxtida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, atletlarimiz navbatdagi medallarini balandlikka sakrash sektorida qo‘lga kiritishdi.

Qit’ada tengsiz hisoblanadigan Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova Dohada ham birga shohsupaga ko‘tarilishdi. Mazkur qit’a chempionatida g‘oliblik Nadiya Dusanovaga nasib etdi. Hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritishi uchun 1.90 metr balandlikdan oshib o‘tishi talab etildi.

Svetlana Radzivil bu safar bronza medali bilan cheklandi. Yurtdoshimiz qozog‘istonlik raqibasi bilan birga bir xil 1.88 metr natija qayd etgan bo‘lsa ham, urinishlar bo‘yicha qo‘shni mamlakat vakilasi ustunlik qildi.

Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoa vakillarining jamg‘argan medallari 3 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi