2 880
Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi
Rustam Assakalov / Foto muallifi Anvar Ilyasov
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medalni qo‘lga kiritdi.
Yunon-rim kurashi bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston sharafini -87 kilogramm vazn toifasida himoya qilayotgan Rustam Assakalov bronza medal uchun gilamga chiqdi. Tajribali kurashchi qirg‘izistonlik Atabek Azisbekovga qarshi shiddatli va murosasiz kechgan bellashuvda 6:2 hisobida g‘alaba qozondi va bronza medalni qo‘lga kiritdi.
15 sentyabr kungi bahslarda Rustam Assakalov yarim finalga qadar yetib borib, Tokio olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Ammo Assakalov final ostonasida vengriyalik Viktor Lorinsga yutqazgan va bronza medal uchun kurashadigan bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Aram Vardanyan -72 kilogramm vazn toifasida kumush medaliga sazovor bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqadagi birinchi medalni olib bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi