19:33 / 18.10.2019
3 577

Statistika: Eldor Shomurodov 4ta ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilar safida

Statistika: Eldor Shomurodov 4ta ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilar safida
Terma jamoalar ishtirokidagi bahslar yakunlanib, yana milliy chempionat o‘yinlar boshlanmoqda.
RPLning navbatdagi tur uchrashuvlari start olishidan avval WyScout tomonidan taqdim etilgan joriy mavsumga oid statistik ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz.

Gol uchun sarflanayotgan o‘rtacha vaqt
"Krasnodar" bosh murabbiyi Murod Musayev Markus Berg transferini himoya qila turib, shvetsiyalik hujumchi "gol uchun sarflangan vaqt" bo‘yicha ajoyib natijaga ega ekanligini aytdi. Tasdiqlaymiz: Markus bu ko‘rsatkich bo‘yicha ro‘yxatda birinchi. Biroq u chempionatning barcha uchrashuvida maydonga tushgani yo‘q. Ro‘yxatdan joy olganlar orasida Eldor Shomurodov va Aleksandr Sobolev 12tadan bahsda ishtirok etishgan.

"Ikkinchi qavat" to‘purarlari: bosh bilan urilgan gollar
Shomurodov bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham kuchli uchlikda. Uchinchi o‘rin sohibi bo‘lib turgan Lutsenkoning barcha gollari bosh bilan urilgan.

Eng ko‘p zarba beruvchilar
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ro‘yxatda birinchi o‘rinni "Dinamo" vakili Panchenko egallab turibdi. U uzoqdan zarba berishni xush ko‘radi. Bu ro‘yxatda ham hamyurtimizni uchratish mumkin.

Bir uchrashuvda havodagi kurashlarda ishtirok etish
Bu ro‘yxatda Dzyuba yo‘qligini ko‘rib hayron qolishingiz aniq. "Zenit" hujumchisi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 15-o‘rinda. O‘zbekiston terma jamoasining asosiy forvardi Eldor Shomurodov esa yana kuchli uchlikda. Eldor har 90 daqiqada o‘rtacha 12 marta "ikkinchi qavat"da to‘p uchun kurash olib borar ekan.


Manba: Championat.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Statistika: Eldor Shomurodov 4ta ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilar safida