14:02 / 14.12.2019
3 463

Habib va Fergyuson oʻrtasidagi jang rasman tasdiqlandi

Habib va Fergyuson oʻrtasidagi jang rasman tasdiqlandi
Foto: Getty Images
UFC chempioni Habib Nurmagomedov navbatdagi jangini Toni Fergyusonga qarshi oʻtkazishi rasman eʼlon qilindi.

Ushbu jang 2020-yilning 18-aprel kuni Nyu-Yorkda UFC 249 turniri doirasida tashkil etiladi. Yengil vazndagi UFC chempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson UFC doirasida 12 oʻyindan iborat gʻalabali seriya qayd etishgan. Habib soʻnggi janglarida muddatdan avval Konor Makgregor va Dastin Poryeni magʻlub etgan boʻlsa, Fergyuson Entoni Pettis va Donalda Serroneni taslim qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, bu Habib va Fergyuson oʻrtasidagi jangni tashkil etish boʻyicha beshinchi urinishdir. 2015-yil dekabr oyida ushbu jang Habibning jarohati sabab qoldirilgan boʻlsa, 2016-yilda Toni jarohatga yoʻliqdi. 2017-yilda jang Nurmagomedovning vazni tufayli qoldirilgan boʻlsa, 2018-yil aprel oyida esa Fergyusonning tizzasi hochsimon payidan olgan jarohati bois, jang oʻtkazilmagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib va Fergyuson oʻrtasidagi jang rasman tasdiqlandi