19:00 / 02.03.2020
3 051

Tiago Bezerra: “Sardor Rashidov “Qatar SK” tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri”

Tiago Bezerra: “Sardor Rashidov “Qatar SK” tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri”
Qatar chempionatining 16-turida “Al Xor” jamoasi o‘z maydonida Sardor Rashidov to‘p tepayotgan “Qatar SK” klubini qabul qildi.
Mazkur bellashuvda “Paxtakor”dagi ajoyib o‘yinlari bilan tanilgan Tiago Bezerra dubl muallifiga aylandi va jamoasining uzoq muddatli g‘alabasiz seriyasiga barham berdi. Bahsdan so‘ng braziliyalik futbolchi bilan bog‘lanib fikrlari bilan qiziqdik.

O‘yin asabiy ruhda o‘tdi. Qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdik. Oxirgi daqiqalar yaqinlashgani tavakkal qilishdan boshqa chora topa olmadik. Biroq, penaltidan urilgan goldan so‘ng uch ochko bizniki ekanligiga ishona boshladik. Ikkinchi to‘pni kiritib o‘yinga chiroyli yakun yasashga erishdik. Turnir jadvalidagi ahvolimizni yanada og‘irlashtirib qo‘ymaslik uchun mag‘lub bo‘lmasligimiz talab etilardi.

Sardor Rashidov haqida fikrim qanday? Menimcha uning darajasi jamoasidagi boshqa futbolchilarnikidan yuqoriroq. Mahalliy o‘yinchilardan ajralib turadi. U “Qatar SK” tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri deb o‘ylayman
”, - dedi Tiago Bezerra.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tiago Bezerra: “Sardor Rashidov “Qatar SK” tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri”