13:53 / 25.06.2020
1 730

Superliga uchrashuvlarini o‘tkazishda yengilliklar berildi

Superliga uchrashuvlarini o‘tkazishda yengilliklar berildi
Bu haqda milliy chempionatimiz jamoalarining rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi.
Jumladan, "Qo‘qon-1912" jamoasining "Telegram" sahifasida quyidagi mazmunda post qoldirilgan:

"Ertaga (bugun) Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan "Qo‘qon-1912" va "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi bahsdan oldin uchrashuv komissari Laziz Qo‘chqorov bilan miting o‘tkazildi. Unda PFL mutasaddisi Superliga o‘yinlarini o‘tkazish davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan sanitariya-gigiyena qoidalarini eslatish barobarida ushbu turdan e’tiboran beriladigan ayrim yengilliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, joriy turdan jamoa bosh murabbiylari o‘zlariga ajratilgan hududda niqobsiz o‘tirishlari mumkinligi aytildi. Undan tashqari, futbolchilar maydonga tushishlaridan oldin tribunadayoq kiyim almashtirishlariga ruxsat beriladi".

Shuningdek, "Bunyodkor" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi bergan ma’lumotda yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida zaxiradagi futbolchilar chigalyozdi mashg‘ulotlarida 6 tagacha bo‘lgan miqdorda shug‘ullanishlari mumkinligi aytilgan. Bungacha ushbu holatda 3 tagacha futbolchi maydon chetida mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, respublikamiz hududida amalda bo‘lib turgan karantin holati tufayli Superliga bahslari muxlislarsiz o‘tkazilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga uchrashuvlarini o‘tkazishda yengilliklar berildi