20:30 / 05.07.2020
2 510

Zinedin Zidan «Real»da nima yaxshiroq ishlashga majbur qilishini aytdi

Zinedin Zidan «Real»da nima yaxshiroq ishlashga majbur qilishini aytdi
Foto: Getty Images
«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida o‘tkaziladigan Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Yana bir qiyin bahs kutmoqda. «San Mames» — bu hamma uchun murakkab bo‘lgan stadion, buni bilamiz. Ajoyib o‘yin bo‘ladi, ammo biz bunga tayyormiz.

Futbolchilar La Liganing murakkab, qiyin va uzoq davom etadigan musobaqa ekanligini biladi. Hech qanday eyforiya yo‘q, chunki biz hali hech narsa yutmadik. Bizda o‘yinlarda g‘alaba qozonish istagi bor. «Real»da har doim bosim bo‘lgan va bu juda yaxshi holat deb hisoblayman. Kasbimizning go‘zalligi ham shunda, shu jumladan, murabbiy sifatida ham. Bosim yaxshiroq ishlashga majbur qiladi
», — deydi Zidan.

33-turdan keyin «Real» 74 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Qirollik klubi» 2-o‘rinda borayotgan «Barselona»dan 4 ochkoga ilgarilab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, «Atletik Bilbao» — «Real» uchrashuvi 5 iyul, yakshanba kuni soat 17:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan «Real»da nima yaxshiroq ishlashga majbur qilishini aytdi