17:53 / 29.07.2020
1 934

Sirdaryoda Isuzu urgan Lacetti avtomashinasi yonib ketdi

Sirdaryoda Isuzu urgan Lacetti avtomashinasi yonib ketdi
Foto: IIB YHXBB
Sirdaryo viloyatida Isuzu va Lacetti avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda Lacetti avtomobili yonib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 28 iyul kuni soat taxminan 18:50 da, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 yo‘lining 103-kilometrida haydovchi 1969 yilda tug‘ilgan N. E. Isuzu avtomashinani Toshkent–Guliston yo‘nalishida boshqarayotib, Guliston–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelib ruxsat etilgan joydan qayrilib olgan haydovchi 1986 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Lacetti transport vositasining orqa tomoniga borib urgan.

Zarb oqibatida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi bo‘lakni ajratuvchi beton to‘siqqa urilgan va avtomashinada yong‘in yuzaga kelgan.

Foto: IIB YHXBB
Ta’kidlanishicha, Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi M. A. va yo‘lovchilari N. A., I.M. va A.M. zudlik bilan evakuatsiya qilingan. YTH va yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilingan.

Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sirdaryoda Isuzu urgan Lacetti avtomashinasi yonib ketdi