22:13 / 11.01.2021
2 591

Gazzetta dello sport Shomurodov haqida: "Jenoa" Eldoradoni topdi"

Gazzetta dello sport Shomurodov haqida: "Jenoa" Eldoradoni topdi"
Italiyaliklar Eldorni ko‘p maqtashadi, u haqida juda ko‘p narsalarni yozishadi. "Italiya matbuoti Shomurodov va uning o‘yinlaridan, mahoratidan aqldan oza yozgan.

Ballardini esa shunday fikrlaydi: "Eldor mashg‘ulotlarda ham o‘zini ayamaydi. U juda yaxshi holatda. Lekin endilikda men u haqida ko‘p gapirmaslikni ma’qul ko‘raman".

Gazeta mualliflaridan biri Grimaldi Shomurodov haqida maqola tayyorladi. U birinchi galda futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmlariga e’tibor qaratdi. "25 yoshlik o‘zbekistonlik futbolchining instagramdagi Muhammad Salah va Joze Mourino bilan tushgan suratiga 133 ming izoh va 30 mingta layk bosilgan. U so‘nggi uchrashuvlarda urgan golini o‘g‘li Mustafoga bag‘ishlashini omma yaxshi qabul qildi. Jurnalistning ta’kidlashicha Rossiya va O‘zbekistonning oxirgi paytlarda Genuyaga qiziqishi kuchaygan. Moskva shahrida yutub kanalini yurituvchi kichik yoshdagi Istomin Shomurodovning "Jenoa" libosini kiygan holda o‘yinni sharhladi.

Eldor klubdagi birinchi kunlaridan boshlab italiyan tilini o‘rganishga harakat qilmoqda. Jamoadagi taktik tushunchalarni ilg‘ab olishi uchun unga ingliz tili yetarli emas. Bunda unga moldovalik Dumbravanu ko‘maklashmoqda. Genuyada Shomurodov "dunyodagi eng yaxshi taom" deb ataydigan palovni tayyorlamaydilar. U bundan norozi bo‘lishi mumkin, lekin ko‘nikib bormoqda. U fevral oyida oilasini bag‘riga boradi va shundagina sevimli taomini iste’mol qilishi mumkin. Grimaldining so‘zlariga ko‘ra Shomurodov o‘z vaqtida "Bunyodkor"da o‘ynaganida Rivaldoga to‘p uzatib turgan.

Klub Shomurodovning o‘yinidan mamnun. Genuyaliklarning so‘zlariga ko‘ra u juda nozik o‘ynaydi, tez-tez harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi, to‘pni mohirlik bilan boshqaradi. Shuningdek bundan tashqari ko‘p ishlarni amalga oshiradi. Buni "Sassuolo" bilan o‘yindan so‘ng Ballardini alohida ta’kidlab o‘tdi. "Eldor nafaqat ajoyib sifatga balki, betakror mahoratga ega". Ma’lumotlarga qaraganda jamoa ham Eldorga ajoyib munosabatda. Pyatsa va Badel unga yangi yilni birgalikda kutib olishni taklif qilgan.

Umuman olganda uning faoliyatida aniq o‘sish kuzatildi. Natijada Italiyaning yirik klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. "Bolonya" bilan o‘yindan so‘ng "Yuventus" sport direktori Paratichi klub va futbolchining vakillari bilan bog‘langan. Albatta, darhol transferlar haqida gaplashishmagan. Ammo, "Rostov" sobiq futbolchisiga atrofdagilarning e’tibori barchani xursand qilmoqda", - deb yozadi Ivan Karpov telegramdagi o‘z kanalida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gazzetta dello sport Shomurodov haqida: "Jenoa" Eldoradoni topdi"