07:35 / 16.01.2021
2 025

"Spartak"da to‘p surgan futbolchi "Metallurg"da!

"Spartak"da to‘p surgan futbolchi "Metallurg"da!
Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlagan “Metallurg” klubi seleksiya ishlarini davom ettirmoqda. Ayni paytda bosh murabbiy Andrey Shipilov o‘zining uslubiga mos tushadigan futbolchilarni ko‘zdan kechirmoqda.

Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, jamoaga rossiyalik legioner qo‘shilgan. Aniqrog‘i, u muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan Yevgeniy Makeyev. Ayniqsa, uni Moskvaning “Spartak” jamoasidagi o‘yinlari orqali eslab qolgandik.

E’tiborlisi, Makeyev 10 yil davomida qizil-oqlar safida to‘p surgan va Rossiya chempioni bo‘lgan. “Spartak” bilan Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etgan. Qolaversa, Rossiya terma jamoasini Dik Advokat hamda Fabio Kapello boshqargan paytlarda Makeyev uch marta o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan.

Bundan tashqari, 32 yoshli himoyachi “Rostov”, “Sochi”, “Rotor” hamda Armanistonning “Ararat” klublarida ham faoliyat yuritgan. Uning oxirgi jamoasi esa “Rosich” edi. Ajablanarlisi, bu klub Rossiya uchinchi divizionida ishtirok etadi.

Hozircha Makeyevning yangi mavsumni “Metallurg”da o‘tkazishi hal bo‘lganmi-yo‘qmi, bunisi qorong‘u. Lekin anig‘i shuki, u bekobodliklarning mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti.

Shuningdek, tarkibga himoyachi Akbar Ismatullayev qo‘shildi. Yodingizda bo‘lsa, u o‘tgan mavsumda Tailandning "Buriram Yunayted" jamoasida to‘p surgan. Endilikda esa Ismatullayev yana sobiq klubiga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, "Metallurg" klubi ertaga "Paxtakor"ning yoshlar jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Spartak"da to‘p surgan futbolchi "Metallurg"da!