09:53 / 24.01.2021
2 928

“Jenoa” muxlislari Shomurodovdan o‘zbekcha xet-trik talab qilmoqda!

“Jenoa” muxlislari Shomurodovdan o‘zbekcha xet-trik talab qilmoqda!
Davide Ballardini boshchiligida va Eldor Shomurodov yetakchiligida hujumkor o‘yin namoyish eta boshlagan “Jenoa”ning ashaddiy muxlislari navbatdagi bahs oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Ayniqsa, jamoa o‘yinidagi ijobiy o‘zgarishlar natijasida umidi oshib borayotgan genuyalik ishqibozlar Shomurodovdan ko‘proq gol kutayotganini yashirmayapti. Xususan, ular A Seriyaning 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Eldordan “Kalyari” darvozasiga ko‘proq gol urishni talab qilyapti.

An’anaga ko‘ra, “Jenoa” muxlislarining navbatdagi bahs oldidan Eldor Shomurodov haqidagi fikrlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Giuseppe Marzano:
Mattia Destrosiz jamoaga qiyin bo‘lyapti. Eldor Shomurodov va Janluka Skamakka keyingi paytda gol urmayapti. Endi qariya Goran Pandevga ishonamizmi?

Edoardo Cupello:
Hujum chizig‘ida jiddiy muammo bor. Destro jarohat oldi, Pandev endi safga qaytdi. Skamakka futbol o‘ynashni unutib qo‘ydi. Umidimiz faqat Shomurodovdan.

Antonio Acri:
“Kalyari” bu mavsum rasvo o‘ynayapti. Biz bu jamoani yakson qilishimiz kerak. Uchrashuvda Eldor Shomurodovdan A Seriyadagi birinchi o‘zbekcha dubli, hatto xet-trik kutamiz.

Monica Mariotti:
Pandev navbatdagi bahsgacha jismoniy holatini tiklab olishiga umid qilaman. Menga Eldor Shomurodov va Goran Pandev tandemi juda qiziqarli tuyulyapti.

Franca Casareto:
Klubimiz yangi hujumchilar olish masalasini ko‘rib chiqishi kerak. Aksariyat hujumchilarimiz jarohatga moyil. Bunaqada “Kalyari” bilan Shomurodovning bir o‘zi o‘ynaydi, shekilli.

Andrea Roncoli:
Shomurodov yana gol urishni boshlashi kerak. Bo‘lmasa, u zaxiraga olinib, Destro va Pandev maydonga tushadi.

Santino Squatriti: (Andrea Roncoli fikriga javob)
Pandev qarib qoldi, Destro esa jarohatga moyil, juda nozik. Biz tezroq yangi hujumchi olishimiz shart yoki hammasini Shomurodovning bir o‘zi uddalashiga umid qilishimiz kerak bo‘ladi.

18-turdan keyin 15 ochko bilan 16-o‘ringa ko‘tarilib olgan “Jenoa” navbatdagi uchrashuvni 24 yanvar kuni o‘z maydonida “Kalyari”ga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuv A Seriyada qolish uchun kurashayotgan ikki jamoaning o‘zaro raqobati bo‘ladi. Chunki mehmonlar genuyaliklardan bir ochko kam jamg‘arib, musobaqa jadvalida bir pog‘ona pastda joylashgan.

Genuyalik muxlislar singari bo‘lajak bahsda Eldor Shomurodovdan gol kutamiz!

“Jenoa” – “Kalyari” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Jenoa” muxlislari Shomurodovdan o‘zbekcha xet-trik talab qilmoqda!