16:33 / 03.04.2021
2 915

Bunaqasi bo‘lmagan! Murabbiy jamoani 1-o‘ringa olib chiqqani uchun iste’foga chiqarildi

Bunaqasi bo‘lmagan! Murabbiy jamoani 1-o‘ringa olib chiqqani uchun iste’foga chiqarildi
Ruminiya chempionatida g‘alati hodisa yuz berdi. "Zaleu" klub bosh murabbiyi Marius Pasku noodatiy sabablarga ko‘ra o‘z lavozimidan ozod etildi.

Mahalliy jurnalist Emanuel Roshaning ma’lum qilishicha, murabbiy Ruminiya 3-divizionida ishtirok etuvchi jamoani 1-o‘ringa olib chiqqan. Ammo yuqori ligaga chiqishni rejalashtirmagan klub rahbariyati ushbu holatdan so‘ng uni ishdan olgan.

"Zaleu" klubi ortda qolgan 13 turdan so‘ng 27 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ushbu jamoani 2-o‘rinda borayotgan klub bilan bor yo‘g‘i 1 ochko ajratib turibdi.

Aytish kerakki, bu kabi holatlar futbolda juda kamdan-kam uchraydi. Aksariyat hollarda rahbariyat jamoa quyi pog‘onalarga tushib ketganidan so‘ng murabbiyni iste’foga chiqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bunaqasi bo‘lmagan! Murabbiy jamoani 1-o‘ringa olib chiqqani uchun iste’foga chiqarildi