09:35 / 23.05.2021
2 335

Shohjahon va Shahramning vazn toifasida mutlaq jahon chempioni nomi ma’lum bo‘ldi


Bugun professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) WBC, WBA, WBO, IBF va The Ring kamarlari uchun jang bo‘lib o‘tdi. Unda amerikalik Xose Ramires shotlandiyalik Josh Teylorga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jangning dastlabki raundlarida Xose Ramires biroz ustulik qildi. Ammo 5-raunddan so‘ng Teylor o‘zini ko‘rsata boshladi. 6 va 7-raundlarida shotlandiyalik bokschi Ramiresni nogdaun xolatiga ham tushura oldi. Qolgan raundlarda goh u goh bu bokschi ustunlik qildi. 12 raund to‘liq davom etgan bahsda barcha hakamlarning bir ovozdan 114-112 hisobiga ko‘ra Josh Teylor (18-0, 13KO) g‘alabani qo‘lga kiritdi va mazkur vazndagi barcha kamarlarni o‘ziniki qilib, mutlaq jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Ramires esa 26 g‘alabali yurishidan so‘ng ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon va Shahramning vazn toifasida mutlaq jahon chempioni nomi ma’lum bo‘ldi