22:06 / 27.05.2021
2 309

Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlarimiz Ozarbayjon U-21dan ustun keldi


Ayni kunlarda Valeriy Lobanovski xalqaro xotira turnirida ishtirok etayotgan Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-21 terma jamoasi hozirgina Ozarbayjon yoshlariga qarshi bellashuv o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Jamoamiz tarkibida yagona golga Jasur Jaloliddinov mualliflik qildi.

Xotira turnirining keyingi bahsida hamyurtlarimizga Ukraina U-21 raqiblik qiladi. Bunday avvalgi uchrashuvda ukrainaliklar Ozarbayjonga 0:1 hisobi bilan imkoniyatni boy bergandi.

Valeriy Lobanovskiy xotira turniri
O‘zbekiston U-21 - Ozarbayjon U-21 1:0 (0:0)
Gol:
Jasur Jaloliddinov (75')

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlarimiz Ozarbayjon U-21dan ustun keldi