20:25 / 03.06.2021
1 924

PSJ Ronalduning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi


PSJ mavsumlar oralig‘ida "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, parijliklar allaqachon 36 yoshli portugaliyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishgan va muzokaralarni boshlab yuborishgan. PSJ Ronalduni 25-30 million yevroga sotib olishni yoki uning evaziga “Yuventus”ga argentinalik hujumchi Mauro Ikardini berishni rejalashtirmoqda.

Bundan avvalroq Ronaldu PSJda “Real”ga o‘tishi kutilayotgan Kilian Mbappening o‘rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ronaldu o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 36 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ Ronalduning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi