00:30 / 30.07.2021
2 533

Ertaga qaysi sportchilarimiz Tokio-2020 da ishtirok etadi?


Foto: Valery Sharifulin/TASS

30 iyul kuni Yozgi Olimpiadaning yettinchi kungi bahslari o‘tkaziladi. Ertangi bahslarda yana 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi 4 sport turi bo‘yicha o‘z omadini sinab ko‘radi.


Shu kungi bahslarda O‘zbekiston boks jamoasining 2 nafar vakili ringga chiqadi, dzyudo jamoasining eng og‘ir vaznli vakili Bekmurod Oltiboyev medal uchun kurashadi.
+100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan Oltiboyevning birinchi jangi Toshkent vaqti bilan soat 7:25da boshlanadi. Uning ilk raqibi mo‘g‘ulistonlik Duurenbayar Ulzibayar bo‘ladi.

O‘zbekistonlik bokschilar orasida birinchi bo‘lib chorakfinalga yo‘llanma olgan Bobo-Usmon Boturovni (-69 kg) soat 8:35da boshlanadigan jiddiy jang kutmoqda. U yarimfinal yo‘llanmasi uchun o‘zining eski tanishi, buyuk britaniyalik Pet Makkormak bilan bahs olib boradi. 2019 yil kuzida Yekaterinburgda o‘tgan jahon chempionati yarimfinalida kechgan o‘zaro jangda buyuk britaniyalik sportchining qo‘li baland kelgandi.

O‘zbekiston ayol bokschilar jamoasining Olimpiadadagi so‘nggi vakili Rayhon Qodirova (-60 kg) nimchorak finaldan ishtirokini boshlaydi. Uning ilk raqibi kongolik Naomiye Yumba bo‘ladi. Jang boshlanish vaqti soat 13:15.

Shu kungi musobaqalarda yengil atletikachilar va suzuvchilardan ham bir nafardan vakil ishtirok etadi.
Soat 16:05da uch hatlab sakrash bahslarida Roksana Xudoyorova o‘z omadini sinab ko‘rsa, soat 16:34da Natalya Kritinina 50 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha bahslarni boshlaydi.

O‘zbekiston Tokio-2020 Olimpiadasiga sportning 17 turidan 71ta yo‘llanma bilan kelgandi. Shu vaqtgacha 41 sportchi o‘z ishtirokini yakunlab bo‘ldi, taekvondochilar bitta oltin, dzyudochilar bitta bronza medal qo‘lga kiritishgan. Bokschilar jamoasining 11 nafar vakilidan 5 nafari ishtirokini davom ettirmoqda. Shuningdek, sport kurashlarida 8 nafar, yengil atletikada 7 nafar, dzyudoda 2, og‘ir atletikada 2, zamonaviy beshkurashda 2, badiiy gimnastikada 2, suzishda 1 va o‘q otishda 1 nafardan vakil qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ertaga qaysi sportchilarimiz Tokio-2020 da ishtirok etadi?