Dunyodagi eng yirik zararli dasturlar ombori qanchalik katta?

1 daqiqa o'qish172
Dunyodagi eng yirik zararli dasturlar ombori qanchalik katta?

Zararli dasturlarni tadqiq qiluvchi vx-underground guruhi o‘z arxivlarida taxminan 30 terabayt hajmdagi zararli kodlar to‘plami mavjudligini ma’lum qildi. VirusTotal asoschisi Bernardo Kintero esa o‘z xizmatlarida foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan 31 petabaytga yaqin zararli dastur namunalari borligini ta’kidladi. Bu raqamlar kiberxavfsizlik kompaniyalari va sun’iy intellekt tadqiqotchilari uchun tahdidlarni tahlil qilish hamda aniqlash modellarini o‘qitishda o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Ushbu ulkan ma’lumotlar bazasini tasavvur qilish uchun ularni 1 terabaytlik standart 3,5 dyuymli qattiq disklarda (HDD) saqlangan deb faraz qilib ko‘ramiz. Har bir diskning qalinligi taxminan 1 dyuymni tashkil etadi. Agar vx-underground’ning 30 terabaytlik ma’lumotlarini shu tarzda ustma-ust taxlasak, minoraning balandligi atigi 30 dyuym yoki 76 santimetrga yetadi.

VirusTotal’dagi 31 petabaytlik ma’lumotlar hajmi esa ancha hayratlanarli. Bu hajmni saqlash uchun 31 744 ta qattiq disk talab etiladi. Ularni birin-ketin ustma-ust taxlab chiqilsa, umumiy balandlik 2645 futga (taxminan 806 metr) yetadi. Bu ko‘rsatkich dunyodagi eng baland bino — Burj Xalifadan ham balandroq bo‘lib, ma’lumotlar dunyosi qanchalik kengayib borayotganini yaqqol ko‘rsatib beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?