22:55 / 27.08.2021
2 573

Sulsher Ronalduning transferi haqida gapirdi

Sulsher Ronalduning transferi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "qizil iblislar" safiga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"Men Krishtianu haqida taxmin qilmoqchi emasman. Keling, nima bo‘lishini kuzatamiz. Har qanday murabbiy doim ko‘prog‘ini xohlaydi, biroq men hozirgi tarkibimizdan mamnunman.

Ronaldu — bu jamoaning afsonasi. Men u bilan birga o‘ynaganman. U Messi bilan birga barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. U "Yuventus"dan ketadi, deb o‘ylamagandim. Takliflar bor edi. U bilan doim yaxshi muloqotda edik. Biz u haqida o‘ylayotganimizni biladi. Agar u Turinni tark etishni istasa, bizni qayerdan topishni biladi
", - dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Krishtianu "keksa senoralar" safida o‘tgan masum 44ta o‘yinda maydonga tushib, 36ta gol urdi hamda 4ta golga assistentlik qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sulsher Ronalduning transferi haqida gapirdi