23:30 / 28.08.2021
2 543

Doston Tursunov: Abramov shaxsiy adovat tufayli meni terma jamoaga chaqirmagan

Doston Tursunov: Abramov shaxsiy adovat tufayli meni terma jamoaga chaqirmagan
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy Srechko Katanes boshchiligida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Birinchi kunda Xitoy birinchiligida harakat qilayotgan legionerimiz Doston Tursunov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Toshkentga 13 avgust kuni yetib kelgandim. So‘nggi o‘yinimni o‘tkazishim bilan bu yerga shoshildim. Hozirda faoliyatimni Xitoy chempionatida davom ettirmoqdaman. Keyinchalik, yanada kuchliroq birinchilikka borish niyatim bor.

Muammo doim va har yerda bo‘lishi mumkin. Vadim Abramov bilan o‘rtamizdagi ziddiyat ham shunga o‘xshash holat. Bu murabbiyning pozitsiyasi. Meni terma jamoaga chaqirishsa, bor kuchim bilan o‘ynayman. Har bir mutaxassisning o‘z uslubi bor. Balki uning qarashlariga mos emasdirman.

U bilan gap talashib qolganmiz. Yoshlik qilib Abramov bilan aytishib qolganman. Hozir u bilan muomalamiz yaxshi. Lekin meni nega terma jamoaga chaqirmaganini bilmayman. Shaxsiy adovati tufayli meni terma jamoaga chaqirmaganini noto‘g‘ri, deb hisoblayman. Bu adolatdan emas. Murabbiy terma jamoani birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim. Bu yerda shaxsiy muammolar ikkinchi darajali.

Hozirgi kunda terma jamoamizning himoya chizig‘i yaxshi darajada. Rustam Ashurmatov bilan bir necha yil birgalikda o‘ynaganmiz. Islom Qobilov bilan ham tandemda o‘ynaganman. Muhimi, himoyada raqobat bor".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Doston Tursunov: Abramov shaxsiy adovat tufayli meni terma jamoaga chaqirmagan