22:50 / 23.09.2021
2 471

Futzal. Argentina o‘z qit’adoshini, qo‘shnilarimiz esa Tailandni ayab o‘tirmadi

Futzal. Argentina o‘z qit’adoshini, qo‘shnilarimiz esa Tailandni ayab o‘tirmadi
Futzal bo‘yicha davom etayotgan Jahon Chempionatining ikkita nimchorak final o‘yini yakuniga yetdi. Argentina - Paragvay uchrashuvida 7 ta gol kiritildi va argentinaliklar 6-1 hisobida raqibdan ustun keldi.

Qo‘shnilarimiz Qozog‘iston esa Osiyoda katta mavqeiga ega Tailandni sharmandali tarzda mag‘lub etdi. Ularning 7 goliga Tailand terma jamoasi biror marotaba ham javob qaytara olmadi.

Eslatib o‘tamiz, qo‘shnilarimiz ertaga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston - Eron bahsi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi. Amaldagi chempion Argentinaga keyingi bosqichda Rossiya raqiblik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. Argentina o‘z qit’adoshini, qo‘shnilarimiz esa Tailandni ayab o‘tirmadi