21:28 / 02.05.2024
369

O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi

O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Amaldagi tartibga ko‘ra, noqonuniy qurilma belgilangan o‘lchamdan chetga chiqqanligi sababli qurilish normalariga zid bo‘ladi. Qolaversa, fuqarolarning huquqlarini buzilishiga olib keladi. Aynan mana shu borada sudning qarori bilan chiqarilgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino, inshootlar, devorlar yoki qurilmalarni buzish yuzasidan Byuro organlari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “T.C.K.” MCHJ zimmasiga M. Ulug‘bek tumani, TTZ-1-tor ko‘chasi, 39-uyning oldidagi noqonuniy qurilma buzilib, asl holatiga keltirish majburiyatini yuklash haqidagi ijro hujjati Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limiga kelib tushgan bo‘lib, ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi K.Sharipov tomonidan qo‘zg‘atilgan.

Ijro hujjati yuzasidan qarzdorga ixtiyoriy 15 kunlik muddat berilgan.

Shundan so‘ng, olib borilgan ijro harakatlari davomida Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ-1-tor ko‘chasi, 39-uyning oldidagi noqonuniy qurilma buzilib, asl holatiga keltirildi va ijro ishi yuritish tamomlandi.

Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra daʼvogar kadastr agentligi Namangan viloyat boshqarmasi manfaatiga javobgar B.Davronovga nisbatan o‘zboshimchalik bilan qurilgan 40 kv.m maydonga qurilgan savdo bino-inshootlarni buzdirish ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur hujjat Byuroning Namangan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda davlat ijrochisi tomonidan ish qo‘zg‘atilgan. Qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, turli bahonalarni ro‘kach qilib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootni buzmagan. Shu bois, hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida majburiy ijro harakatlari belgilandi va noqonuniy deb topilgan bino-inshoot buzdirildi.

Baxrom Toshtemirov

Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
bo‘lim bosh inspektori

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi