20:53 / 18.11.2021
1 903

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino tarkibni kuchaytirish maqsadida “Manchester Yunayted” himoyachisi Diogu Dalotga xaridahor bo‘layotgan edi. Portugaliyalik futbolchi Mourino “Manchester Yunayted”ni boshqargan davrda uning qo‘l ostida to‘p tepgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Dalot hamyurti va ustozi taklifini yerda qoldirmagan va “Roma”ga o‘tishga rozilik bergan. Bu transfer yanvar oyida rasmiylashtirilishi kutilmoqda. Bu futbolchi uchun rimliklar 10 million yevro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Diogu Dalot keyingi paytda “Manchester Yunayted” asosiy tarkibiga kira olmayapti. O‘tgan mavsumni ijara asosida “Milan”da o‘tkazgan himoyachi o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Sulsher ijaradan keyin boshqa jamoalarga o‘tmoqchi bo‘lgan futbolchini Manchesterda olib qolgan bo‘lsa-da, unga va’da qilingan o‘yin vaqtini bermayapti.

Dalotning manchesterliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi.

“Roma” bilan uchrashuv oldidan Shevchenko muammoga duch keldi
A Seriyaning navbatdagi turida Shomurodovning avvalgi jamoasi – “Jenoa” rimliklarni qabul qilib oladi.

“Jenoa” bosh murabbiyi etib tayinlangan Shevchenko Mourino jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan muammoga duch keldi. Ma’lumotlarga qaraganda, ukrainalik murabbiy 21 noyabr kuni bo‘ladigan bahsda sakkiz nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi.

Bo‘lajak bellashuvni jamoa sardori Domeniko Krishito, asosiy hujumchi Mattia Destro, qanot himoyachisi Mahammad Fares, markaziy himoyachilardan Nikola Maksimovich, Mattia Bani va Zino Vanxeusden, yarim himoyachi Ernani va ikkinchi forvard Felipe Kaysedo o‘tkazib yuboradi.

Andrey Shevchenko “Jenoa” rahbariyati bilan imzolangan kelishuvga ko‘ra, jamoani 2024 yilning yarmigacha boshqaradi.

“Roma”ning Mourinoga ishonchi baland
“Roma” sport direktori Tyago Pinto jamoa bir necha muvaffaqiyatsiz o‘yin o‘tkazganiga qaramay, klub rahbariyati Joze Mourinoga ishonch bildirishni davom ettirishini ta’kidladi.

- Biz jamoa natijalaridan qoniqyapmiz, deyolmayman. Bundan ko‘prog‘iga qodir va loyiq ekanimizni bilaman. Hamma narsada bosh murabbiyni ayblash to‘g‘ri emas. Bundan tashqari, Joze Mourinoni taklif qilish eng to‘g‘ri qaror bo‘lganiga aminmiz. Bu uzoq muddatli loyiha va vaqt o‘tishi bilan kutilgan natijalarga ham erishamiz.

Mourino “Roma” tarixidagi eng muvaffaqiyatli va sovrinlari ko‘p murabbiyga aylanishiga ishonamiz. Buning uchun unga yetarlicha vaqt berish kerak xolos, - dedi Tyago Pinto.

Ular “Roma”da qoladi”
“Roma” rahbariyati yaqin o‘rtada ikki futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi. Klub mutasaddilari jamoa markaziy himoyachisi Janluka Manchini va yosh yarim himoyachi Ebrima Darbo bilan yangi bitim borasida kelishuvga erishdi.

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchining 25 yoshli o‘g‘li Janluka poytaxt klubida 2026 yilning yarmigacha faoliyat olib boradi va yiliga 3 million yevro miqdorida maosh oladi.

20 yoshli Darbo ham 2026 yilgi mavsum yakunlangunicha “Roma” futbolchisi hisoblanadi. Biroq uning maoshi turli bonuslarsiz 400 ming yevroni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi