18:18 / 24.11.2021
2 742

"Tushunmadim, bugun "Nasaf" nohaq g‘alaba qozondimi?" — Ro‘ziqul Berdiyev

"Tushunmadim, bugun "Nasaf" nohaq g‘alaba qozondimi?" — Ro‘ziqul Berdiyev
O‘zbekiston Coca-Cola kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan AGMK - Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Albatta, finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Bugungi o‘yinda yigitlar katta jasorat ko‘rsatishdi, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Raqibga nisbatan o‘yinni yaxshi tashkil qildik deb o‘ylayman, shu sabab bugun g‘alabaga erishdik. Biz ketma-ket ikkinchi yil shu maydonda kubok uchrashuvlarida maydonga tushyapmiz. O‘tgan mavsumda mag‘lubiyatga uchragandik. Bu yilgi mavsumda g‘alabaga erishganimizdan juda xursandmiz. O‘ylashimcha, bugun haqli g‘alabaga erishdik. 70-80 daqiqa davomida safarda g‘alabaga erishishni qahramonlik deb aytgan bo‘lardim.

- O‘yindagi hakamlik haqida nima deya olasiz?
- Agar hakamlar xato qilishdan qo‘rqqanida o‘sha vaziyatlarda qaror chiqarmagan bo‘lardi. Bu yerda faqat hakam emas, ko‘pchilikning qarori evaziga vaziyatlar hal qilindi. E’tiroz bo‘lishi mumkin emas, hakamlar o‘yinni yaxshi boshqarishdi.

- Umuman olganda, hakamlar haqida nima deya olasiz? VAR tizimida bugun sobiq "Nasaf"chi ishladi?
- Kelinglar, o‘yin haqida gaplashaydik. Uchrashuv haqida savollar bo‘lsa, marhamat.

- "Nasaf" maydonda 1 kishi kam qolganidan so‘ng o‘yinni cho‘zishni boshladi. Bu boradagi fikringiz qanday?
- Men savollaringni tushunmadim. Bugun "Nasaf" nohaq g‘alaba qozondimi? Rahmat, biz g‘alabaga erishdik va bu natija bilan barchani tabriklayman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Tushunmadim, bugun "Nasaf" nohaq g‘alaba qozondimi?" — Ro‘ziqul Berdiyev