4 dekabr kuni Samarqandda O‘zbekiston kubogi final bahsi o‘tkaziladi. Bugun uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev, futbolchilar Husain Norchayev va Oybek Bozorov ishtirok etdi.
Ro‘ziqul Berdiyev: “Paxtakor” bilan mavsumni boshlagandik. Endi yakunlaymiz. Bu bejizga emas. Ikki jamoaning saviyasi bir xil. Ertaga jamoaning jismoniy holati yaxshi. Kubok uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Ikki jamoada ham yosh futbolchilar juda ko‘p. Ertaga ularga imkoniyat beriladi. Albatta, ularning tajribasi katta emasdir. Biroq yoshlar o‘zlarini ko‘rsatishiga umid qilamiz.
“Nasaf” mavsumda ko‘p o‘yinlar o‘tkazdi. Mavsum boshida jamoa oldiga jiddiy maqsadlar qo‘yilmagandi. Qolaversa, jamoada yo‘qotishlar bor edi. Kamchiliklar ham. Bular faqat gol o‘tkazib yuborganda emas, raqibga imkoniyat bermoqdamiz. Bu tarkibda kuchli futbolchilar kamligida.
Rahbariyat bilan futbolchilarni saqlab qolish borasida gaplashdik. Bu borada klub rahbarlari jamoa yetakchilarini saqlab qolish bo‘yicha kelishib olganmiz. Ularning rejalari bor. Keyingi mavsum oldidan tarkibimizga kuchli futbolchilarni ham qo‘shib olmoqchimiz.
Ruhiy tayyorgarligimiz yaxshi. Ortiqcha ruhiy bosim ham ortiqchalik qilishi mumkin. Jamoa ertangi o‘yinga tayyor.
Albatta, “Lokomotiv” bilan uchrashuvda o‘rin egallash muhim edi. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra bu amalga oshmadi. Ertaga futbolchilarim borini beradi. Shogirdlarim ko‘p mehnat qilishdi.
Oybek Bozorov: Jamoada barchasi yaxshi. Muhim o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. O‘yinimda pasayish? Men unday deb o‘ylamayman. Chetdan qaraganda shunday ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin men bunday demagan bo‘lardim.
Bu o‘yinda "Paxtakor"dan ko‘ra bizda motivatsiya ko‘proq. Chunki jamoa chempion bo‘ldi. Biz ham mavsumni sovrin bilan yakunlashni istaymiz.
Husain Norchayev: Finalga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Muxlislar uchun kubokni qo‘lga kiritib, ortga yaxshi kayfiyatda qaytamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi