936
Raqobatbardosh chempionat bo‘lishi uchun O‘zbekiston Superligasi formati o‘zgartirilishi kerakmi?
Hademay O‘zbekiston chempionatining 2022 yilgi mavsumi boshlanadi. Ungacha esa jamoalar tarkiblarni kuchaytirish bilan ovvora. Muxlislarning ham yangi mavsumdan umidi katta. Viloyat jamoalar amalga oshirayotgan transferlar ko‘pchilikni hayratga solmoqda.
O‘z navbatida, aksariyat futbol jamoatchiligi orasida Superliga formati borasi bahs-munozaralar ham yo‘q emas. Ya’ni chempionat formati o‘zgartirilishi kerakmi yoki yo‘q? Bu borada har kim turli gaplarni aytmoqda. Ha aytgancha, bir necha kun avval PFL yangi mavsum reglamentini taqdim etdi. Unda Superliga 26 turdan iborat ekanligi, jamoalar 13 bor uy, 13 marta mehmonda harakat qilishi ko‘zda tutilgan.
Bu borada mutaxassislar qanday fikrda ekanligini sizlarga ma’lum qilib boramiz. Dastlab ayni payt Qatarda jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi a’zosi hisoblangan Alisher Nikimbayevning fikrlarini taqdim etamiz.
- Raqobatbardosh chempionat bo‘lishi uchun Superliga formati o‘zgartirilishi kerakmi?
- Raqobatbardosh yoki saviyali chempionat bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Masalan, APL saviyali va dunyoning eng kuchli chempionati. U yerda eng kuchli murabbiylar, futbolchilar o‘ynamoqda. Lekin raqobatbardosh chempionat deganimiz bilan turnir jadvaliga qarasak bir yili qaysidir jamoa 10 ochko farq bilan g‘olib chiqadi, yana biror klub katta tafovut bilan chempion bo‘ladi. Bu mavsum APLning yarmi o‘tdi va chempion nomi deyarli aniq. Bir necha yil avval chempion nomi oxirgi turda hal bo‘lgan. Buni raqobatbardosh deya olamizmi yoki saviyali liga? O‘zi bizga qanaqa chempionat kerak: raqobatbardoshmi yoki saviyali? Bu birinchi masala. Ikkinchi masala, raqobatbardosh chempionat bo‘lishi uchun bittadan o‘yin kerak, kubok bahslariga o‘xshab. Shunda har bir uchrashuv qiziq kechadi.
Angliyada “Manchester Siti” ayni paytga kelib chempionlikni hal qildi. Muddatidan avval 1-o‘rin sohibi aniq bo‘lsa ham inglizlar chempionat formatini o‘zgartirmayapti. Angliyada 1888 yildan boshlab qanaqa formatda o‘ynagan bo‘lsa, haligacha shunday. Ular jamoalar sonini ham kamaytirmaydi. Ishtirokchilar kamroq bo‘lsa kuchli jamoalar to‘qnashuvining ortishi televideniye uchun ham yaxshiroq deyishimiz mumkin. Biroq tashkilotchilar 20 ta jamoa bilan chempionat o‘tkazmoqda. Nega?
Birinchidan, Angliya futboli faqatgina 10 ta jamoadan iborat emas. Ular muxlislar, boshqa klublar haqida o‘ylaydi. Kuchli jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvi chetda turgan ishqibozlarga qiziq. Angliyalik muxlislarga emas. Shuning uchun o‘tgan yili Superliga tuzamiz deyilganda, muxlislar qarshi chiqdi. Xattoki grand klublarning ishqibozlari bunga yo‘l qo‘ymadi. Biz oddiy jamoalar bilan o‘ynashimiz kerak degan fikrlarni ilgari surdi.
Ikkinchidan, agar “Liverpul” murabbiyi yoshlarni maydonga tushirishi yoki yangi taktikani sinab ko‘rish uchun ham boshqa odddiy klublarga qarshi o‘yinlar kerak. “Liverpul” bu tur MYU, keyin PSJ, “Real” bilan to‘qnash kelsa, yoshlarga qachon imkoniyat beriladi?
Shu bois hozirgi format yordam beryapti. Chunki kamida 38 tur bor APLda. Jarohatlardan keyin qayta olish va boshqa jihatlarga ko‘ra uzoq davom etadigan musobaqaga moslashish osonroq.
- Bizning futbolga qanday format mos keladi, deb o‘ylaysiz va nima uchun?
- Fikrimcha, Superligada 16 ta jamoa qatnashishi kerak. Bu shaxsiy fikrim. Chempionat formati ikki davradan ibora bo‘lishi lozim. Chunki O‘zbekiston hududidagi aholini inobatga olish darkor. Kimdir men ishlayotgan Qatarda 12 jamoa o‘ynamoqda, 2023 yildan ishtirokchilar soni 10 taga tushirilishi rejalashtirilgan, deyishi mumkin. Lekin Qatarda umumiy aholi soni 2 million 7 yuzming. Bu Toshkent aholisidan ham kam. Mahalliy ahloi 300 mingni ko‘rsatmoqda. Qatardagi jami klublar 20 ta. Ulardan 17 tasi professional, 3 tasi havaskor klublar. O‘sha 3 klub yulduzlar ligasiga chiqish huquqiga ega emas. Demak, 300 ming aholiga 17 ta proffessional klub bor. Deyarli har 20 ming aholiga bitta klub to‘g‘ri keladi. Bu raqamlarga e’tibor berish lozim. O‘zbekistonda esa 35 million odam bor. Bir millionga bitta klub bo‘lsa, u holda 35 ta professional klubi bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu ikki davlatni solishtirish noto‘g‘ri.
Bekzod Isayev
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar