date

Bavariya Gnabrining maoshini kamaytirmoqchi

Bavariya Gnabrining maoshini kamaytirmoqchi
Bavariya klubi rahbariyati hujumkor yarim himoyachi Serj Gnabrining shartnomasini muayyan shartlar asosida uzaytirishni rejalashtirmoqda. 30 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirida yakunlanadi.

Maʼlumki, futbolchi klubda qolishni va yangi shartnoma imzolashni istamoqda. Jurnalistlar Tobi Altsheffl va Kristian Falkning xabar berishicha, Myunxen klubi Gnabrini saqlab qolmoqchi, biroq uning maoshi hozirgidan taxminan uchdan bir qismini qisqartirishni ko‘zlamoqda.

Yangi shartnoma 2028 yilgacha moʻljallangan boʻlishi mumkin. Serj Gnabri bu mavsumda barcha musobaqalarda oʻnta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va to‘rt marta jamoadoshlariga golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bavariya Gnabrining maoshini kamaytirmoqchi