
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Vashingtonda uchrashadi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau ma’lum qildi.
Landau o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida, «Janob Vazir, mamlakatingizga qilgan samarali va muvaffaqiyatli tashrif uchun katta rahmat. Bu tashrif kelasi hafta Vashingtonda prezidentlarimiz o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan ajoyib uchrashuvga yo‘l ochadi.
O‘zbekiston mehmondo‘stligining ajoyib namunasini ko‘rsatdingiz!» – deya yozgan. Landau ta’kidlashicha, O‘zbekiston yetakchisining tashrifi ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Reuters agentligining xabar berishicha, Tramp Markaziy Osiyoning besh davlati — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan sammit o‘tkazadi. Uchrashuv 6-noyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev sammitda ishtirok etishini tasdiqlab, Trampga taklif uchun minnatdorchilik bildirdi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv Rossiyaning ta’sir doirasida bo‘lgan mintaqalar bilan AQSh aloqalarining mustahkamlanishi fonida o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasida 8 milliard dollarlik, 22 ta 787 Dreamliner samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha bitim imzolanganini ma’lum qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar