date

Tottenxem Grinvud uchun kurashadi

Tottenxem Grinvud uchun kurashadi
Londonning "Tottenxem" klubi "Marsel" vingeri Meyson Grinvud uchun kurashga qoʻshildi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbalarga koʻra, "Marsel" 24 yoshli futbolchini tarkibda saqlab qolishni xohlaydi, biroq katta taklif boʻlsa, muzokaralarga ochiq. Grinvudga nafaqat "Tottenxem", balki "Barselona", "Atletiko", "Vest Xem" va "Aston Villa" ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda ingliz futbolchisi barcha musobaqalarni hisobga olganda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali Grinvudning transfer qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tottenxem Grinvud uchun kurashadi