date

Allegri: "Bergamoda har doim o‘ynash qiyin"

Allegri: "Bergamoda har doim o‘ynash qiyin"
Milan bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Atalanta bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. A Seriyaning to‘qqizinchi tur uchrashuvi 28-oktyabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tadi.

"Biz terma jamoa uchrashuvlari uchun tanaffusga eng yaxshi formada yetib borishni istaymiz. Dekabr oyini chempionat jadvalida yaxshi o‘rinda yakunlashga intilamiz.

Oldinlari biz mukammal o‘yin ko‘rsatmaganmiz, lekin hozir ham zaif emasmiz. Gapirish emas, harakat qilish kerak", — dedi Allegri jamoa rasmiy saytiga bergan intervyusida.

"Atalantada jismoniy va texnik imkoniyatlar birdek yuqori. Bergamoda o‘ynash har doim qiyin kechadi.

Biz top-4 uchun kurashayotgan jamoaga qarshi bahs olib boramiz", — deya ta’kidladi Allegri. 8 turdan keyin Milan 17 ochko jamg‘arib, A Seriya turnir jadvalining uchinchi o‘rnida bormoqda.

Atalantaning hisobida esa 12 ochko bo‘lib, ular ettinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Allegri: "Bergamoda har doim o‘ynash qiyin"