7 066
Axborot texnologiyalari vazirligi va Microsoft o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Microsoft kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari ifodalangan hujjat O‘zbekiston hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jahonning nufuzli kompaniyalaridan biri bo‘lgan Microsoft bilan aloqalarni yangi bosqichga ko‘taradi, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi sayti.
Hujjatda intellektual mulkni himoya qilishni kuchaytirish, O‘zbekistonda kiber xurujlarga qarshi tizimlarini mustahkamlash, axborot texnologiyalari va "bulutli" texnologiyalarda, shuningdek mobil ishlanmalar, ochiq ma’lumotlar hamda "salmoqli ma’lumot" (big data) ni tarqatish va qayti ishlashda, dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, "internet buyumlari" uchun ishlanmalar tayyorlash yo‘nalishlarida innovatsiyalarni amalga oshirish kabi istiqbolli hamkorlik belgilab olindi.
Hamkorlik memorandumiga ko‘ra, aloqalar bosqichma-bosqich mustahkamlanib boradi va amalga oshiriladi. O‘zaro hamkorlik o‘rnatish shartlariga ko‘ra, Microsoft kompaniyasi o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan "bulutli" va mobil texnologiyalar bo‘yicha tajriba hamda bilimlarini o‘rtoqlashadi, startaplarni amalga oshirish va "bulutli" va mobil biznes-ishlanmalarni, ochiq va salmoqli ma’lumot tizimlarini yaratish, shuningdek IT-ko‘nikmalarni va kiber xurujlardan himoyalanish bo‘yicha tashkil qilinadigan mashg‘ulotlarni o‘tkazishda malakali ekspertlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi