date
views 113

Nima uchun hoziroq sun’iy intellektni o‘rgana boshlash kerak?

Nima uchun hoziroq sun’iy intellektni o‘rgana boshlash kerak?
Sun’iy intellekt butun dunyo bo‘ylab odamlarning hayotiga tobora ko‘proq kirib bormoqda. Bu insonni nafaqat hayratga soladi, balki ishsiz qolish kabi qo‘rquvlarni ham keltirib chiqaradi. Ammo qo‘rqish o‘rniga, o‘rganish va moslashish yaxshiroq. Quyida The Voice nashrining axborot texnologiyalari bo‘yicha eksperti Anjelika Matushkina sun’iy intellektni o‘zlashtirish kerakligi nima uchun muhimligi va buning uchun hech qachon kech emasligi haqida so‘z yuritadi.

Qachon boshlandi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 30 noyabr — sun’iy intellektning tug‘ilgan kuni ekan. Shu kuni OpenAI ChatGPT'ni ishga tushirdi va birinchi 5 kun ichida undan million kishi foydalangan. Ikki oy ichida foydalanuvchilar soni 100 millionga yetdi — tarixda hech qanday xizmat bu qadar tez o‘smagan. Aslida esa sun’iy intellekt o‘nlab yillar davomida rivojlanib kelmoqda. Masalan, 1997 yilda kompyuter Garri Kasparovni mag‘lub etdi, 2011 yilda Watson sun’iy intellekti Jeopardy!'da odamlar ustidan g‘alaba qozondi. Sun’iy intellekt bunga ancha oldin yo‘l olgan edi, ammo aynan ChatGPT uni ommalashtirdi.

Foto: Pinterest
Va shundan keyin nimalar bo‘ldi:

* 2022 yil: yirik kompaniyalarning 35 foizi sun’iy intellektni joriy qila boshladi.

* 2023 yil: generativ sun’iy intellektga investitsiyalar 8 barobar oshdi va 25,2 milliard dollarga yetdi.

Bundan keyin nima bo‘ladi?

* 2025 yil: Kompaniyalar avtomatlashtirish hisobiga ofis xodimlarini faol ravishda qisqartira boshlaydi. Ammo shu bilan birga biznesga sun’iy intellekt bilan o‘zaro ta’sir qilishni biladigan mutaxassislar ko‘proq kerak bo‘ladi.

* 2026—2027 yillar: mehnat bozorida yangi kasblar to‘plami shakllanadi — sun’iy intellekt muharrirlari, raqamli yordamchilarni ishlab chiquvchilar, sun’iy intellekt etikasi auditorlari, virtual olam dizaynerlari.

* 2030 yilga kelib: sun’iy intellekt jahon iqtisodiyotini 15,7 trillion dollarga oshirishi kutilmoqda.

Foto: Pinterest
Sun’iy intellekt insonlardan barcha ishlarni olib qo‘yadimi?

Bunday xavotirlar avval ham bo‘lgan. 100 yil oldin amerikalik fermerlar traktorlar ularning kasbini yo‘q qiladi deb vahima qilishgan edi. Qaysidir ma’noda ular haq edi: o‘roq bilan ishlovchi odamlar yo‘q bo‘lib ketdi. Ammo o‘rniga mexanizatorlar, muhandislar, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar paydo bo‘ldi. Natijada fermerlarning turmush darajasi oshdi va qishloq xo‘jaligi foydaliroq bo‘ldi.

Sun’iy intellekt bilan ham xuddi shunday bo‘ladi. 50 ta kasb yo‘q bo‘lib ketadi, lekin 180 ta yangi kasb paydo bo‘ladi (jahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra). Masalan, hozirda biznesga tezkor muhandislar, sun’iy intellekt operatorlari, virtual dunyo dizaynerlari kerak.

Inson omili yoki sun’iy intellekt: kim g‘olib chiqadi?

Kasparov shaxmatda kompyuterga yutqazganida, u shunday dedi: “sun’iy intellekt odamni mag‘lub eta oladi. Ammo sun’iy intellektdan foydalanishni bilgan odam ham sun’iy intellektni, ham odamni mag‘lub etadi”.

Sun’iy intellekt — bu tahdid emas, balki vositadir. Telefon odamlar o‘rnini egallamadi, ammo bizga yangi imkoniyatlar berdi. Kompyuterlar buxgalterlarni yo‘q qilmadi, lekin ularning ishini ancha samarali qildi.

Ha, odam traktorsiz kamroq yerni haydab chiqadi, lekin traktor ham odamsiz hech qayerga borolmaydi (qo‘zg‘ala olmaydi). Bir o‘ylab ko‘ring, sun’iy intellekt vositalarini o‘rganmasdan qanday imkoniyatlardan mahrum bo‘lyapsiz? Shunday ekan, har bir inson vaqti kelib sun’iy intellektni o‘zlashtirishi muqarrardir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nima uchun hoziroq sun’iy intellektni o‘rgana boshlash kerak?