date

Nima sababdan Apple buklanadigan iPhone'ning chiqishini kechiktirmoqda?

Nima sababdan Apple buklanadigan iPhone'ning chiqishini kechiktirmoqda?
Yaponiyaning Mizuho Securities investitsiya firmasi ma’lum qilishicha, Apple o‘zining ilk buklanadigan iPhone modelini ishlab chiqarishni 2027 yilgacha kechiktirgan.
Kompaniya bu kechiktirishni smartfon dizaynini yanada takomillashtirish zarurati bilan izohlagan. Shuningdek, yangi qurilma uchun displey ishlab chiqarish rejasi avval belgilangan 13 million donadan 9 millionga qisqartirilgan. Buklanadigan model iPhone 18 seriyasining bir qismi sifatida taqdim etilishi kutilmoqda.
Avvalroq Bloomberg xabariga ko‘ra, buklanadigan iPhone 2026 yil kuzida chiqishi mumkinligi aytilgan edi. U kitob shaklida ochiladigan Android qurilmalariga o‘xshash bo‘ladi. Aytishlaricha, yangi modelda 8 dyuymli asosiy OLED displey va 5 dyuymli tashqi displey bo‘lishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nima sababdan Apple buklanadigan iPhone'ning chiqishini kechiktirmoqda?