
Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlari O‘zbekistonda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSh biznes vakillari bilan uchrashuvi davomida ma’lum qilindi.
To‘lov tizimlarini mamlakat hududida joriy etish Google va boshqa texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Respublika bo‘ylab Raqamli akademiya va startap markazlari tarmog‘ini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Uchrashuvda, shuningdek, uran qazib olish hamda noyob yer metallarini qayta ishlash bo‘yicha kelgusidagi loyihalar muhokama qilindi. Ushbu sohalarga AQSh texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan.
Loyihalarni amalga oshirish va ilgari surishda DFC korporatsiyasi hamda AQSh Eksimbanki jalb qilinadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida energetika, logistika va transport infratuzilmasi sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Apple Pay — Apple korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan mobil to‘lov tizimi va elektron hamyon bo‘lib, u 2014-yilning oktyabrida ishga tushirilgan. Google Pay esa Google korporatsiyasi tomonidan 2015-yilda foydalanuvchilarga taqdim etilgan bo‘lib, 2015-yil sentyabrdan 2018-yil fevralgacha Android Pay nomi ostida faoliyat yuritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing