date

"Manchester Yunayted" "Atletiko" yarim himoyachisi Barriosni sotib olmoqchi

"Manchester Yunayted" "Atletiko" yarim himoyachisi Barriosni sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Pablo Barriosni sotib olishga qiziqmoqda. Bu haqda TEAMtalk jurnalisti Din Jons xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" qishki transfer oynasida yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Barriosning transferiga Manchester klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim shaxsan qiziqmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis argentinalik futbolchining iste'dodini yuqori baholaydi. "Manchester Yunayted" uzoq muddatli rejalarini amalga oshirish uchun futbolchilarni xarid qilishni maqsad qilgan.

Pablo Barrios "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2030-yil 30-iyungacha amal qiladi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi Madrid klubi safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Manchester Yunayted" "Atletiko" yarim himoyachisi Barriosni sotib olmoqchi