date

Yandex robotlari neyrotarmoq yordamida tezroq yetkazib berishni boshladi

Yandex robotlari neyrotarmoq yordamida tezroq yetkazib berishni boshladi

Yandex oʻzining yetkazib beruvchi robotlariga marshrutlarni rejalashtirish va yoʻl harakati holatini bashorat qilish uchun maxsus transformator-neyrotarmoqni joriy etdi. Yangi tizim tufayli buyurtmalarni yetkazib berish tezligi oʻrtacha 10 foizga oshdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Algoritm piyodalar, velosipedchilar va transport vositalarining xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Bu esa robotlarga yoʻlda kamroq toʻxtash va harakat trayektoriyasini yanada samaraliroq tanlash imkonini beradi. Avvalroq robotlar klassik algoritmlarga tayangan boʻlsa, endilikda neyrotarmoq murakkab vaziyatlarda ham xavfsizlikni taʼminlagan holda harakatni davom ettiradi.

Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, yangi tizim avvalgi algoritmlar bilan birgalikda ishlaydi. Har bir tizim oʻz marshrutini taklif qiladi va yakuniy qaror eng maqbul variant asosida qabul qilinadi. Shuningdek, robotlar oʻz yaqinlashuvi haqida ogohlantiruvchi maxsus tovushli signallar bilan jihozlandi.

Yangi texnologiya allaqachon barcha yetkazib beruvchi robotlarda qoʻllanilmoqda. Robotlar oʻz yoʻlining qariyb 80 foizini neyrotarmoq boshqaruvi ostida bosib oʻtadi. Muhimi, barcha hisob-kitoblar internetga bogʻliq boʻlmagan holda, bevosita robotning bortida amalga oshiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yandex robotlari neyrotarmoq yordamida tezroq yetkazib berishni boshladi