date

Vivo X300 Ultra global bozorga chiqdi: 200 MP kamerali yangi flagman

Vivo X300 Ultra global bozorga chiqdi: 200 MP kamerali yangi flagman

Vivo kompaniyasi o‘zining yangi flagmani Vivo X300 Ultra smartfonini Xitoydan tashqari xalqaro bozorlarda, xususan, Hindistonda taqdim etdi. Qurilma 12/512 GB va 16/512 GB xotira variantlarida sotuvga chiqarilgan bo‘lib, ularning narxi mos ravishda 1695 va 1800 dollarni tashkil etadi. Shuningdek, foydalanuvchilar 295 dollar evaziga 400 mm gacha fokus masofasini ta’minlovchi telekonvertorni xarid qilishlari mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Smartfonning asosiy ustunligi uning ilg‘or kamera tizimidir. Qurilma Zeiss optikasi bilan jihozlangan bo‘lib, asosiy modul 200 megapikselli Sony LYTIA 901 sensoriga ega. Bundan tashqari, 50 megapikselli ultra keng burchakli Sony LYTIA 818 va 200 megapikselli Samsung HP0 teleob‘yektivi o‘rnatilgan. Ushbu texnik yechimlar suratga olish sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.

Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen5 protsessori negizida ishlaydi va 6,82 dyuymli 2K AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekran 144 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Dasturiy ta’minot sifatida Android 16 bazasidagi OriginOS 6 qobig‘i o‘rnatilgan.

Batareya sig‘imi 6600 mA/soatni tashkil etib, 90 Vt tezkor va 40 Vt simsiz quvvatlash imkoniyatiga ega. Shuningdek, smartfon IP69 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan. Oldindan buyurtmalar allaqachon boshlangan, yetkazib berish esa 14-maydan yo‘lga qo‘yiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Vivo X300 Ultra global bozorga chiqdi: 200 MP kamerali yangi flagman