4 443
Yahoo tarmoqlariga buzib kirishda ayblangan qozog‘istonlik Karim Baratov AQSh sudida aybini tan oldi
Yahoo tarmoqlariga buzib kirishda ayblangan kelib chiqishi qozog‘istonlik Kanada fuqarosi Karim Baratov San-Fransisko sudida aybini tan oldi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, Baratovga nisbatan hukm 2018 yil, 20 fevralga belgilangan eshituvlarda e’lon qilinishi mumkin.
Oldinroq ayblanuvchining o‘zi ishi tezroq oldinga siljishi uchun Kanadadan ekstraditsiya qilinishiga rozi bo‘lgandi.
Ayblov tomoni Baratov va yana bir xaker — Aleksey Belan elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompaniyalar, jumladan, Yahoo tarmoqlarini buzib kirib, AQSh va Rossiya fuqarolariga tegishli shaxsiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan, deb hisoblamoqda.
AQSh prokurorlari bu Rossiya hukumati tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda. Kiberhujumlarga ikki davlat hukumat a’zolari, diplomatlar, jurnalistlar va tijoriy kompaniyalar duch keldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?