19:38 / 18.08.2018
6 185

O‘zbekistonda 9 xonali raqamli tizimga o‘tish nima beradi?

O‘zbekistonda 9 xonali raqamli tizimga o‘tish nima beradi?
Ayni vaqtda O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘ida jadal rivojlanish kuzatilmoqda. Mobil va simli telefon aloqa abonentlari soni ham sezilarli ravishda o‘sib bormoqda va hozirda respublikada abonentlar 22 millionni tashkil etadi.

Bunday sharoitda mavjud 8 xonali telefon raqamlari tizimida yetishmovchiliklar bo‘ldi, deb xabar bermoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.

Xalqaro elektraloqa uyushmasi tavsiyalariga ko‘ra, bu kabi vaziyatda ko‘p xonali raqamlar tizimiga o‘tish masalaning yechimi bo‘la oladi. Masalan, Xitoyda 11 xonali, AQSH va Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida 10 xonali, Rossiyada 7 va 8 xonali telefon raqamlari tizimidan foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmoqlarida raqamlash “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi” RH 45-101:2013 boshqaruv hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur hujjat dunyo tajribalarini inobatga olgan holda Xalqaro elektraloqa uyushmasi tavsiyalariga ko‘ra ishlab chiqilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlarida 8 xonali raqamdan 9 xonali raqamga o‘tish nazarda tutilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qanday tayyorgarlik ko‘rdi?

9 xonali raqam tizimiga o‘tishga tayyorgarlik deyarli 10 yil mobaynida olib borildi. Xalqaro tajriba, dunyo standartlari, Xalqaro elektraloqa uyushmasi tavsiyalari sinchiklab o‘rganildi, telekommunikatsiya operatorlari bilan konsultatsiyalar o‘tkazildi.

2013 yilda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi” RH 45-101:2013 boshqaruv hujjati qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlarida 8 xonali raqamdan 9 xonali raqamga o‘tish nazarda tutilgan.

2014 yilda o‘tishning birinchi bosqichida, qisqa chaqiruv raqamlarining tezkor chaqiruv xizmatlari (yong‘in qo‘riqlash, militsiya, tez tibbiy yordam, Qutqaruv xizmatining gaz tarmoqlari avariyasi xizmati)ga o‘tishi amalga oshirildi. Bunda ikki xonali 01, 02, 03, 04, 050 raqamlari 101, 102, 103, 104 va 1050 ga o‘tkazildi.

Ikkinchi bosqichda shaharlararo va telefon aloqasining shaharlararo kod raqamlari “8” va “8-10” “0” va “00” kodlariga almashtirildi.

Endilikda 2018 yil oxirigacha uchinchi bosqichni amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda 8 xonalidan 9 xonali raqam tizimiga o‘tish kutilmoqda.

Bu qanday amalga oshadi?

Hozirda O‘zbekistonda 5 ta mobil aloqa operatorlari hamda 5 ta simli telefon aloqasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularni 9 xonali raqamli tizimiga o‘tkazish tasdiqlangan rejaga muvofiq, 20 kun davomida amalga oshiriladi.

Bunda aholini, xususan, OAVlarni xabardor qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, noto‘g‘ri raqam terilganda, bu haqda ogohlantiruvchi va raqamni to‘g‘ri terishni tushuntiruvchi o‘zbek va rus tillaridagi ovozli xabar tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi.

9 xonali raqamli tizimga o‘tish nima beradi?

Birinchidan, O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarida raqamlar imkoniyati sezilarli oshadi, bu esa kelgusida telekommunikatsiya tarmoqlarining operator va provayderlarga yangi xizmat turlarini joriy qilishiga sharoit yaratadi.

Ikkinchidan, respublika bo‘ylab raqamlash va tarifikatsiyalashning yagona zonasi bo‘ladi, natijada, shaharlararo telefon aloqasi telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rinishi sifatida bo‘lmaydi. Bunda abonentlar shahar ichida ham, boshqa shaharlarga ham qo‘ng‘iroq qilishda bir xil narxda to‘lov qiladi.

Uchinchidan, mahalliy va mobil aloqadan foydalanishda aholiga yanada qulaylik yaratiladi.

To‘rtinchidan, 9 xonali raqamlardan foydalanganda telefon raqam qaysi tarmoqqa tegishli ekanini oson ajratish mumkin bo‘ladi.

9 xonali raqam tizimiga o‘tilgach, nimalar o‘zgarishsiz qoladi?

-tezkor chaqiruv xizmatlari (yong‘in qo‘riqlash, militsiya, tez tibbiy yordam, Qutqaruv xizmatining gaz tarmoqlari avariyasi xizmati) raqamlari o‘zgarmaydi: 101, 102, 103, 104, 1050;

- O‘zbekiston Respublikasi abonentlarining xorijdan qo‘ng‘iroq qilish tartibi. Ushbu tartib avvalgidek qoladi: + 998 AV XXXXXXX, + bu xorij mamlakatidan xalqaro aloqaga chiqish belgisi, 998 O‘zbekiston kodi, AV O‘zbekiston operatori yoki shahari kodi, XXXXXXX esa abonent raqami. Provayderlar abonentlari (“EAST TELECOM”, “BUZTON”, “SARKOR TELEKOM” va “SHARQ TELEKOM”) raqamlari bundan mustasno, ular uchun AV 78 kodi joriy etiladi;

-7 xonali O‘zbekiston abonentlari raqami, shuningdek, mobil va simli telefon aloqa abonentlarining xalqaro formatdagi abonent raqami (998 AV XXXXXXX yoki AV XXXXXXX);

-ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga ulangan mobil va xalqaro formatdagi raqamlar. Bundagi to‘lov tizimi va boshqa ro‘yxatga olishlar o‘zgarishsiz ishlaydi;

-Vazirliklar, tashkilotlar, xo‘jalik subyektlarining axborot-ma’lumot raqamlariga qisqa (4 xonali) raqamlarni terish tartibi.

Abonentlar 9 xonali raqamli tizimga o‘tishlari chog‘ida asosiy o‘zgaradigan jihat bu – endi har doim raqamlarni to‘liq terishga to‘g‘ri kelishidir. Ya’ni qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan kishi raqamni operator va hudud kodi bilan to‘liq terishi kerak. O‘z uyali aloqa vositalariga raqamlarni kodi bilan to‘liq saqlab qo‘ygan abonentlar uchun noqulayliklar bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda 9 xonali raqamli tizimga o‘tish nima beradi?