
2026-yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyada bojxona yig'imlari stavkalari o'zgaradi. Federal bojxona xizmati ma'lumotiga ko'ra, mazkur o'zgarishlar mamlakatning Jahon savdo tashkiloti oldidagi majburiyatlari va yig'ilgan inflyatsiya natijasida kiritilmoqda.
Maqsad – bojxona yig'imlarini adolatliroq qilish va bojxona operatsiyalari xarajatlarini qoplashdir. Shu bilan birga, eksport va shaxsiy ehtiyojlar uchun olib kiriladigan buyumlar uchun yig'imlar o'zgarishsiz qoladi.
Shuningdek, kemalar va samolyotlar orqali mamlakatga olib kelingan tovarlarga ham yangi stavkalar ta'sir qilmaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o'z faoliyatlarini moslashtirish uchun vaqtga ega bo'ladi, chunki yangi qoidalar faqat 2026-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida O'zbekiston tashqi savdo aylanmasining 15,7 foizi Rossiya hissasiga to'g'ri kelgan.