Rossiyaning qiyofani tanish sohasida dasturlar yaratish bilan shug'ullanuvchi NtechLab kompaniyasi FindFace Public Safety deb nomlanuvchi yangi texnologiya taqdimotini o'tkazdi. Tizimning xususiyati shundaki, u bir vaqtning o'zida yuz minglab kameralardan kelayotgan videotasvirlarni qayta ishlay oladi.
Tasvirda xavfsizlik xodimlarini qiziqtirayotgan qiyofalar paydo bo'lishi bilan tizim ularni bir lahzada aniqlaydi va xodimlarga tegishli xabar jo'natadi. Bu jinoyatlarni tezkorlik bilan aniqlashda juda qulaydir. FindFace Public Safety videokuzatuv arxivlaridagi yozuvlardan ham qiyofalarni izlay oladi.
NtechLab xodimlarining aytishlaricha, yangi texnologiya butun Rossiya bo'yicha yagona xavfsizlik va tezkor harakatlanish tizimini yaratish imkonini beradi. Undan odamlar ommaviy to'planadigan joylarda hamda kirish cheklangan maskanlarda foydalaniladi. Qayd etilishicha, FindFace Public Safety terrorchilik tahdidlarining oldini olishda va yirik tadbirlarga tashrif buyuruvchilarni aniqlashda juda qulaydir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi