07:56 / 25.10.2018
2 373

"Huawei" 1 terabayt xotiraga ega quvvatlagichni taqdim etdi

"Huawei" 1 terabayt xotiraga ega quvvatlagichni taqdim etdi
"Huawei" kompaniyasi "Mate 20" seriyasidagi smartfonlar uchun noodatiy quvvatlagichni taqdim etdi. Aksessuar 1 terabayt hajmdagi flesh-xotiraga ega. Bu Xitoyda ishlab chiqarilgan smartfon foydalanuvchilarida o‘z ma’lumotlarini saqlab qo‘yish va, har ehtimolga qarshi, ularni qayta tiklash imkoni bo‘lishi uchun qilingan.

Quvvatlagich tashqi ko‘rinishidan simsizga o‘xshasa-da, aslida smartfon unga kabel bilan USB Type-C port orqali ulanadi. Ma’lumotlar foydalanuvchining xohishiga qarab – yo avtomatik tarzda, yo qo‘lda ko‘chirib o‘tkaziladi. Qurilma ma’lumotlarni ko‘chirish jarayonida smartfonni ham quvvatlantirib turaveradi.

"Power-bank"ning o‘lchami 136 millimetrga 29 millimetr, vazni – 270 gramm. Qurilma suv o‘tkazmaydigan mato bilan qoplangan, "oyoqcha"lari – silikon. Narxi hozircha ma’lum emas.

Ba’zi tahlilchilar "Huawei"ning bu qurilmasidan hayron – ularning fikricha, bulutli servislar ommalashib borayotgan vaqtda quvvatlagichga flesh-xotirani ham joylashtirish o‘rinsiz. Shuningdek, ushbu quvvatlagichdan faqat "Mate 20" seriyasi smartfonlari foydalana olishi ham unchalik to‘g‘ri emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Huawei" 1 terabayt xotiraga ega quvvatlagichni taqdim etdi