Telegram messenjeri foydalanuvchilari endi xususiy suhbatlarda ham oʻzlarida, ham suhbatdoshlarida barcha xabarlarni oʻchira oladilar. Bu haqda messenjer ishlab chiquvchisi Pavel Durov maʼlum qildi.
Endi foydalanuvchilar suhbatlarda joʻnatilgan barcha xabarlarni oʻchirish imkoniga ega boʻldilar.
“Xabarni kim, qachon joʻnatgani ahamiyatga ega emas – siz uni toʻliq nazorat qila olasiz. Agar istasangiz, ikkala tomondan ham butun suhbatni oʻchira olasiz”, deb yozgan Durov.
Avval foydalanuvchilar oxirgi 48 soat davomida joʻnatilgan xabarlarnigina oʻchira olishgan. Endi bu cheklovlar bekor qilindi. Bundan tashqari, Telegram maxfiy chatlar deb ataluvchi chatlarni toʻliq oʻchirishga ruxsat beradi.
Shuningdek, messenjerda maxfiylik imkoniyatlari kengaytirildi – endi foydalanuvchilar oʻz xabarlari uchinchi kishilarga joʻnatilishi holatida ismlari va suratlarini yashira oladilar.
Durovning fikricha, yangi imkoniyatlar foydalanuvchilarga oʻz maʼlumotlari ustidan samarali nazoratni oʻrnatishni taʼminlaydi. Uning taʼkidlashicha, eski yozishmalar uning muallifiga qarshi oʻnlab yillar keyin qarshi qoʻllanishi mumkin edi, chunki maʼlumotlar suhbatdosh tomonida saqlanib qolardi va unga taʼsir qilib boʻlmasdi.
Shuningdek, Telegram jamoasida baʼzi foydalanuvchilar xabarlarni oʻchirish imkoniyatini suiisteʼmol qila boshlashlari mumkinligini anglashlari, biroq maxfiylik va maʼlumotlar nazorati ahamiyatliroq ekani taʼkidlab oʻtilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi